<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov</author>
<lyrics>[V1]
 Meni qutqarmoqqa
 Jazm etgan Xudo.
 Qalbga ilhom berib
 Nazm etgan Xudo.
 Tavba qilsa banda
 Bazm etgan Xudo
 Hayot kitobiga
 Yozsin ismingni.
 Doʻzahdan asrasin
 Ruhu, jismingni.

[V2]
 Shart emas sen dono,
 Yo zoʻr boʻlishing
 Uni qiziqtirmas
 Yo &quot;gʻoʻr&quot; boʻlishing.
 Faqat dunyo uchun
 Kerak oʻlishing
 Hayot kitobiga
 Yozilgay isming.
 Jahannamda kuymas
 Abadiy jisming.

[V3]
 Bitta haqiqatni
 Tan olmoq kerak,
 Iso - Xudo Oʻgʻli
 Tan olsin yurak.
 Oʻlib tirilgani
 Rost degin beshak
 Hayot kitobiga
 Yozilgay isming.
 Doʻzahda kuymagay
 Abadiy jisming.

[V4]
 Toʻkkan qoni aziz
 Muqaddas deb bil,
 Oʻqi Kalomini
 Va aytganin qil.
 Iso Najotkorim
 Desa agar til
 Hayot kitobiga
 Yozilgay isming
 Doʻzahda yonmagay
 Abadiy jisming.

[V5]
 Ishon gunohingni
 Kechirganiga
 Barcha gunohingni
 Oʻchirganiga.
 Sharaflar aytolsang
 Xudo shaniga
 Hayot kitobiga
 Yozilgay isming.
 Jahannamda kuymas
 Abadiy jisming.

[V6]
 Mashaqqat chekib ham
 Ololmas inson
 Solihlik Xudodan
 Berilgan inʼom
 Iso nomi bilan
 Ulugʻla, ishon
 Hayot kitobiga
 Yozilgay isming
 Doʻzahda kuymagay
 Abadiy jisming.</lyrics>
<title>Hayot Kitobi</title>
</song>